World Skills kasblar chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etilgan mazkur musobaqada Boyovut tumani 2-son politexnikumi, Xovos tumani 2-son politexnikumi, Shirin energetika texnikumi hamda Boyovut tumani 1-son politexnikumi o‘quvchilari ishtirok etdilar.
Musobaqaning asosiy maqsadi – yoshlar o‘rtasida kasb malakasi, innovatsion g‘oyalar va mukammal xizmat ko‘rsatish qobiliyatlarini rivojlantirishdir. Musoboqada har bir o‘quvchi talabgor o‘zining ijodiy va professional yo‘nalishdagi ko‘nikmalarini namoyon etishga harakat qildi.