Boyovut tumanidagi 2-son politexnikumida “Bolg’ali qilich aka” va “Mirishkor nafosati gulshani” fermer xo‘jaliklari rahbarlari — “Shuhrat” medali sohibalari Gulchexra Karshibayeva va Nazokat Norxo‘jayevalar ishtirokida o‘quvchi-qizlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
“Qizlar bilan samimiy suhbat: Shuhrat egalaridan hayot saboqlari” mavzusidagi uchrashuvda mehmonlar o‘z hayot yo‘llari, orzu-maqsadlari sari intilishlari va erishgan yutuqlari bilan o‘rtoqlashdilar. Qizlar esa o‘zlarini qiziqtirgan savollarga hayotiy javoblar va foydali maslahatlar oldilar.
Bunday suhbatlar yoshlarning o‘ziga ishonchini oshiradi, mehnatsevarlik va tadbirkorlik ruhini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.